Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi va Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhining qo‘shma majlisi o‘tkazildi.


Shundan so‘ng, tuman hokimligining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi va Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhining qo‘shma majlisi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi raisi X.Eshimbetov boshqarib bordi.

Yig‘ilish kun tartibida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi PF-143-sonli Farmoni va PF-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlikka qarab” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining Taxtako‘pir tumanida ijrosi ko‘rib chiqildi.

Taxtako‘pir tumanidagi eng og‘ir ahvoldagi 5 mahalla ya’ni, “Jańadárya” OFY, “Dawqara” OFY, “Qaratereń” MFY, “Qońıratkól” OFY hámde “Múlik” OFYda 2024-2025-yili ushbu mahallalarda tomorqa yerlarni sug‘orishni yaxshilash yoki ularda elektr energiyasining barqaror yetkazib berilishini ta’minlash, internet sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va yaxshilash maqsadida har bir mahalla uchun 2 mlrd 950 mln.so‘m, jami 5 mahallaga jami 14 mlrd. 750 mln.so‘m mablag‘ ajratish belgilangan.

Yig‘ilishda mazkur mahalla raislari tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlar borishi yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilishda fraksiya a’zolari va tuman kengashi deputatlari tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlikka” dasturi doirasida soha rahbarlariga berilgan savollar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shundan so‘ng, majlis kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Skip to content