Mazkur yilning 25-29 yanvar kunlari oralig’ida Taxtako‘pir tumanidan tegishli soha vakillari, tadbirkorlar va fermer xo‘jaligi rahbarlaridan tashkil topgan delegatsiya a’zolari tajriba almashuv, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes bilan shug’illanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga bordi.
Dastlab, viloyat hokimligining majlislar zalida, Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov va Taxtako‘pir tumani hokimi Jambul Adilovning boshchiligida Jizzaq viloyati hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda hurmatli Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, Qoraqalpog’iston uchun alohida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 avgust kungi PF-129-sonli, 2022 yil 31 avgust kungi PF-213-sonli, 2022 yil 30 dekabr kungi PF-287-sonli Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 noyabr kungi 625-sonli qarori asosida tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g’risida keng ko‘lamda tushuntirish berildi.
Shuningdek, ushbu imkoniyatlardan kelib chiqib, Taxtako‘pir tumanida yangi loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan tadbirkorlar bilan o‘z-aro kelishib olindi.
Taxtako’pir tumani hokimligining axborot xizmati