Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumani Tibbiyot birlashmasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi


Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining 2024 yil 3 fevral kungi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g’risida»gi 9-sonli bayoniga asosan, bugun Taxtako‘pir tumani Tibbiyot birlashmasida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Bekturg’anov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxtako‘pir tuman bo‘linmasi boshlig’i N. Azbergenovlar qatnashib, jamiyatda  ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ahamiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha keng tushunchalar berildi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining Axborot xizmati

Skip to content