Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumanidagi 6-maktabda Respublika seminari tashkil etildi


Taxtako‘pir tumanidagi 6-maktabda seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-53-son qaroriga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimi joriy etildi.

Shu asosda tumandagi 6-sonli maktabda “Kasbiy ta’limni rivojlantirish” mavzusida Respublika seminari o‘tkazilib, unda shahar va tumanlardagi psixolog metodistlar, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tanlab olingan maktablar psixologlari, IT yo‘nalishidagi hamda tikuvchilik bo‘yicha kasb ta’limi ustalari ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilar maktab o‘quvchilariga yaratilgan sharoitlar, kasb-hunarga qiziquvchi yoshlarning hunarmandchiligi bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Skip to content