Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligi majlislar zalida mahallalarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini sifatli tashkil etish bo‘yicha “Mahalla yettiligi” oldida turgan ustuvor vazifalar mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Axmedova Maryam Xalilayevna, O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga “Ayollar daftari” bo‘yicha biriktirilgan vakil Sultanov Bahodir, tuman hokimi Jambul Adilov, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari va “Mahalla yettiligi” ishtirok etdi.

Bunda asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 dekabrdagi 833-son qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 23 dekabrdagi maxsus bayonnomasida belgilab berilgan vazifalarni bajarish, shuningdek, tuman hududidagi mahallalarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini sifatli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati

Skip to content