Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘quvchi-yoshlar bilan soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvga Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i N.Azbergenov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi I.Abdijamilov, tuman IIB xodimi, leytenant A.Tursinbayev, tuman hokimligi axborot xizmati boshlig‘i N.Jarılqasinov, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirni maktab direktori G.Zarliqova kirish so‘zi bilan ochib, maktabta o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan keng to‘xtab o‘tdi.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar bugungi zamonaviy texnologiyalar asrida bilim va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni va ularni yovuzlikka qarshi kurasha oladigan shaxslar sifatida tarbiyalash zarurligi haqida so‘zlab berildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma’naviyatli, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim vazifalardan biridir.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati