So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ular o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa, o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarining komil inson bo‘lib voyaga yetishida juda muhimdir.
Shu asosda bugun, Taxtako‘pir tumani “Dáwir” MFY hududidagi 5-sonli maktabda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Qaynona-kelin sirlachuvi” hamda “Go‘zallik-naxchlar jilosida” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh vakili Baxtiyor Saidqosimov, “Dáwir” mahallasi raisi B.Kamalov, tuman Ichki ishlar bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan B.Baxiyeva hamda hududning faol xotin-qizlari va yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir maktab o‘quvchilari va faol xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan tarbiyaviy va xalqimizning milliy urf-odatlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, shuningdek, tuman madaniyat bo‘limining konsert dasturi bilan maroqli davom etdi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati