Bugun Taxtako‘pir tumani madaniyat markazida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Bekturganov, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati yetakchi mutaxassisi Sh.Qayumov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i R.Tojiboyev, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Nizamatdinov hamda sport, madaniyat, san’at, tadbirkorlik va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan, shuningdek, uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, shuningdek, har bir yoshning muammolarini hal etish yo‘lida mavjud imkoniyatlar safarbar etilayotganini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida yoshlar ham o‘z muammo va takliflari bilan o‘rtoqlashib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Shuningdek, soha rahbarlari tomonidan aniqlangan barcha muammo, kamchiliklarni hal etishning zarur choralari va ularni amalga oshirish muddatlari belgilab olindi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati