Bugun Taxtako‘pir tumanidagi 2, 5, 6 va 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika tanlovining sektor bosqichlari o‘tkazildi.
“Dáwir” MFY hududidagi 5-sonli maktabda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Aldamuratov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi va jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirib borish, ularning qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish, shuningdek, hushyorligini uyg‘otishning tanlovning asosiy maqsadi ekanligini aytib o‘tdi.
Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar maktabining 14-17 yoshli o‘quvchilaridan iborat jami 22 ta guruh ishtirok etdi.
Tanlov har bir sektorga tegishli maktablar o‘rtasida o‘tkazilib:
1-sektor bo‘yicha:
1-o‘rin – 5-sonli maktab;
2-o‘rin – 8-sonli maktab;
3-o‘rin 19-maktab.
2-sektor bo‘yicha:
1-o‘rin – 2-son maktab;
2-o‘rin – 12-maktab;
3-son 13-son maktab.
3-sektor bo‘yicha:
1-o‘rin – 6-sonli maktab;
2-o‘rin – 9-sonli maktab;
3-o‘rin – 10-maktab.
4-sektor bo‘yicha:
1-o‘rin – 3-son maktab;
2-o‘rin – 1-son maktab;
3-o‘rinni egallagan kasb-hunar maktabi jamoasi g‘olib deb topildi va 1-o‘rinni egallagan g‘oliblar tuman bosqichiga yo‘llanma oldi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati