Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishiga sektor basliqlari, hákim o‘rinbasarlari, siyosiy partiyalar, rayondagi mákeme, korxona, shólkem basshıları, fuqarolar jıyınları basliqlari va mahalliy √alaba xabar vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Taxtakópir tumani xokimi – Xalq deputatlari tumanlik Kengashi raisi J.Adilov olib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar qarab chiqildi.
1. Sektor boshliqlarining hududdagi aholining turmush darajasi va yashash sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, sektorlarda ehtiyoji bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish borasida hamda hududlarda “Temir daftar,” “Ayollar daftari,” “Yoshlar daftari” asosida 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
2. Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashining va doimiy komissiyalarining 2025 yilning I yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining 2025 yil 3 yanvardagi 81/7-B-sonli “B.D.Allamuratovni Taxtako‘pir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi farmoyishini tasdiqlash haqida.
4. Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi Baslıǵınıń 2025-jıl 3-yanvar kúngi 81/19-B-sanlı “S.B.Dosbergenovtı Taxtakópir rayonı hákiminiń awıl hám suw xojalıǵı máseleleri boyınsha orınbasarı – awıl xojalıǵı bólimi baslıǵı lawazımına tayınlaw haqqında”ǵı biyligin tastıyıqlaw haqqında.
5. Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
6. Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi deputatlarining 2025 yil I chorak davomida olib borgan ishlari to‘g‘risida o‘z okruglarida saylovchilarga hisobot berish rejasini tasdiqlash haqida.
7. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning Senat va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashida Yoshlar parlamenti vakillari maktabini tashkil etish to‘g‘risida.
8. Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashida ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatmani tasdiqlash haqida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 29 noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi QQ-6-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya va komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
10. 2025 yilda Taxtako‘pir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
11. 2024 yil davomida Taxtako‘pir tumanida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur ijrosi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ngra ko‘rilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati