Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi qanday?



Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 728-sonli Qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunning 12-moddasida xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Bular:
Foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari;
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;
Qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda cheklovlar belgilangan hududlardan foydalanish zonalarida joylashgan yer uchastkalari;
Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga uchragan yer uchastkalari;
Ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek, yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu bilan birga 14-moddasida yer uchastkalarini xususiylashtirish usullariga:
Xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;
Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish orqali amalga oshirish belgilab o‘tilgan.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish”
AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy vakili

R. Yesimbetov

Skip to content