Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

“Askar onalarini qadrlaymiz!” mavzusida videomuloqot tadbiri o‘tkazildi


“Askar onalarini qadrlaymiz!” mavzusida videomuloqot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Taxtako‘pir tumanida faxriylik vazifasini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaqinlari o‘rtasida videomuloqot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar harbiy xizmat har bir yurt azamati uchun nafaqat buyuk vazifa, balki sadoqat va matonat maktabiga aylanganini ta’kidlab, barchani bayram bilan tabrikladi.

Videomuloqot orqali askarlar o‘z xizmat joylari, harbiy qismdagi hayoti va yaratilgan sharoitlar haqida yaqinlariga so‘zlab berdi. Shuningdek, ular o‘z mahallalaridagi so‘nggi yangiliklar, oilaviy sharoitlar va do‘stlarining ahvoli bilan qiziqdilar.

Tadbir davomida safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan harbiylarning ota-onalariga maxsus tashakkurnoma tantanali ravishda topshirildi.

Skip to content