Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni


14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan bugun tuman Madaniyat markazida tuman faollari, nuroniylar, yoshlar va harbiy soha xodimlari ishtirokida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat madhiyalari yangradi.

Bayram tadbirini Taxtako‘pir tumani hokimi Jambul Adilov kirish so‘zi bilan ochib, barcha harbiy soha xodimlarini, faxriylar va xalqimizni bayram munosabati bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik J.Sultonov va Harbiy muhandislik-qurilish bataloni komandiri, podpolkovnik A.Orziyevlar so‘zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining alohida e’tibori bilan sohada erishilayotgan yutuqlarga keng to‘xtalib o‘tdilar.

Skip to content