Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

#Seminar


#Seminar

Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida tuman Kengashiga saylangan deputatlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Sh.O‘temisov va siyosiy partiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashlari raislari ishtirok etdi.

Seminarda ma’ruzachilar tomonidan deputat faoliyatining qonuniy asoslari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlashda ularning bajaradigan xizmati va mas’uliyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda deputatlarning saylangan okrugi hududidagi muammolar, davlat dasturlarining tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilish, mahalla faollari bilan ishlashni yanada kuchaytirish borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Skip to content