O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454-son qaroriga asosan, Taxtako‘pir tumani hududidagi “Eski Quvonch jarmasi” kanalining 6,3 km masofasini rekonstruksiya (betonlash) qilish belgilangan.
Loyihani amalga oshirish uchun 9 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, bugungi kunda qirqib oluvchi “Ellikqal’a maxsus suv pudrat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zarur texnikalar olib kelinib, kanalni betonlash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ushbu suv kanalini betonlash natijasida tumandagi “Davr” MFY, “Oydin yo‘l” MFY va “Taxtako‘pir” SHFY hududidagi xo‘jaliklar tomorqalarini sug‘orish samaradorligi oshib, yillik hisobda 5 mln 443 metr kub suv tejaladi.