Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

#Yakka_qabul qilish


#Yakka_qabul qilish

Bugun Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh vakili B.Saidqosimov va tuman Xalq qabulxonasi raisi A.Djumaniyazov bilan birgalikda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, taklif va fikrlarini eshitish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolarning bandlik, uy-joy ta’miri, moddiy va tibbiy yordam, ichki yo‘l va boshqa turli hayotiy muammolari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari shu joyning o‘zida yechimini topib, o‘rganib chiqilishi uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Skip to content