Monday, December 01, 2025

So'nggi yangiliklar

«Azart aqıbeti»


«Azart aqıbeti»

Bugun Taxtako‘pir tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qoraqalpog‘iston kinoijodkorlari va “Tolegenov production” studiyasi tomonidan suratga olingan «Azart aqıbeti» kinofilmi o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi.

Bundagi asosiy maqsad yoshlarimizni virtual qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘ynashdan qaytarish va ularning zararli oqibatlari haqida targ‘ibot qilishdan iborat.

Ushbu kinofilmni tumandagi barcha umumta’lim maktablari va mahallalarda yoshlarimiz e’tiboriga havola etish rejalashtirilgan.

Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati

Skip to content