Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

3-sonli maktabda adabiy uchrashuv kechasi o‘tkazildi


3-sonli maktabda adabiy uchrashuv kechasi o‘tkazildi

Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli maktabda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Baxıtlı Sarıbaev bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shoir Baxıtlı Sarıbaev so‘zga chiqib, maktab o‘quvchilariga o‘zining hayot yo‘li va ijodi haqida so‘zlab berdi. Ijodkorlikka ishtiyoqmand o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Shundan so‘ng maktab o‘quvchilari shoir qalamidan yaratilgan she’rlarini badiiy o‘qib, qo‘shiq va raqslarini mahorat bilan ijro etdi.

Uchrashuv yakunida shoir maktab kutubxonasiga o‘zining «Tuwısqan», «Shańaraq», «Shımbay soqpaqları» nomli kitoblarini sovg‘a qildi.

Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati

Skip to content