Siz kutgan uchrashuv
Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli maktabda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Baxtiyor Sariboyev bilan uchrashuv kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda shoir B.Sariboyev so‘zga chiqib, maktab o‘quvchilariga o‘zining hayot yo‘li va ijodi haqida so‘zlab berdi. Ijodkorlikka ishqiboz o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Shundan so‘ng maktab o‘quvchilari shoir qalamidan yaratilgan she’rlarini badiiy o‘qib, qo‘shiq va raqslarini mahorat bilan ijro etdilar.
Uchrashuv yakunida shoir maktab kutubxonasiga o‘zining “Chimboy so‘qmoqlari” nomli kitobini sovg‘a qildi.