Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Aholining murojaatlari hamda muammolari bilan ishlash holatlarini tahlil qilish


Aholining murojaatlari hamda muammolari bilan ishlash holatlarini tahlil qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxtako‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasining 2024 yil davomida murojaatlar tahlilida Taxtako‘pir tumani Virtual hamda Xalq qabulxonasi bazasiga jami 942 ta murojaat kelib tushgan. Shundan jami qoniqarli 442 ta (47,2%), tushuntirish 260 ta, huquqiy tushuntirish 210 ta, uzoq muddatli 5 ta, rad etilgan 4 ta, ko‘rmasdan qoldirilgan 5 ta, to‘xtatilgan 12 ta, ma’lumot uchun 1 ta, o‘rganishda 3 ta murojaat.

1-sektordan jami 180 ta murojaat tushgan. Shundan qoniqarli 76 ta (42,7%), tushuncha 56 ta, huquqiy tushuncha 40 ta, uzoq muddatli 2 ta, to‘xtatilgan 2 ta, rad etilgan 1 ta, ko‘rmasdan qoldirilgan 2 ta, o‘rganishda 1 ta murojaat.

Mahallalar kesimida Otaqo‘l OFYda 57 ta murojaatdan 24 tasi (42,1% qanoatlantirilgan), Davr OFYda 109 ta murojaatdan 43 tasi (40,2% qanoatlantirilgan), Janadaryo OFYda 14 ta murojaatdan 9 tasi (64,3% qanoatlantirilgan).

2-sektordan jami 220 ta murojaat tushgan. Shundan qoniqqan 107 (48,9%), tushuncha 63, huquqiy tushuncha 43, uzoq muddatli 2, to‘xtatilgan 2, bekor qilingan 1, ko‘rmasdan qoldirilgan 2.

Mahallalar kesimida Oydin yo‘l MFYda 123 ta murojaatdan 58 tasi (47,5% qoniqtirilgan), Davqara MFYda 53 ta murojaatdan 27 tasi (50,9% qoniqtirilgan), Qoratarang MFYda 31 ta murojaatdan 15 tasi (48,4% qoniqtirilgan), Beltau MFYda 13 ta murojaatdan 7 tasi (53,8%) qoniqtirilgan.

3-sektordan jami 251 ta murojaat tushgan. Shundan qoniqarli 104 ta (41,9 foiz), tushuncha 76 ta, huquqiy tushuncha 61 ta, uzoq muddatli 1 ta, to‘xtatilgan 5 ta, ko‘rmasdan qoldirilgan 1 ta, ma’lumot uchun 1 ta, o‘rganishda 2 ta murojaat.

Mahallalar kesimida Mustaqillik MFYda 108 ta murojaatdan 41 tasi (38,7% qanoatlantirilgan), O‘zbekiston MFYda 27 ta murojaatdan 16 tasi (59,3% qanoatlantirilgan), Qorao‘y MFYda 115 ta murojaatdan 47 tasi (41,2% qanoatlantirilgan), Marjonko‘l MFYda 1 ta murojaatdan (0% qanoatlantirilgan).

4-sektordan jami 291 ta murojaat tushgan. Shundan 154 tasi (53,1%) qoniqarli, 65 tasi huquqiy, 66 tasi to‘xtatilgan, 3 tasi rad etilgan, 2 tasi o‘rganishda 1 ta murojaat.

Mahallalar kesimida Taxtako‘pir MFYda 199 ta murojaatdan 116 tasi (58,6% qanoatlantirilgan), Mulik MFYda 25 ta murojaatdan 7 tasi (28% qanoatlantirilgan), A.Adilov MFYda 40 ta murojaatdan 18 tasi (45% qanoatlantirilgan), Qo‘ng‘irotko‘l MFYda 19 ta murojaatdan 7 tasi (36,8% qanoatlantirilgan), Dovutsoy MFYda 6 ta murojaatdan 4 tasi (66,7% qanoatlantirilgan), Qo‘shtruba MKFYda 2 ta murojaatdan 2 tasi (100% qanoatlantirilgan

Bugungi kunda sektor rahbarlari tomonidan joylarda mahallabay shaklda sayyor qabullar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilishi hamda hokim yordamchilari ishlari tashkil etilishi natijasida aholi muammolarini joyida hal etishda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatib, ayrim sohalar kesimida murojaatlar soni kamayishiga erishildi.

Xususan, 2023 yil bilan 2024 yilga nisbatan murojaatlar soni muhtojlarga bir martalik moddiy yordam masalasida -52,4% (42/20), mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalasida -33,3 foizga (33/22), davolanishga moddiy yordam masalasida -25% (20/15), turar joyni gaz tarmog‘iga ulash masalasida -18,8% (16/13) kamaygan.

Shu bilan bir qatorda ayrim masalalar bo‘yicha murojaatlar soni ancha oshib ketganini ko‘rsatmoqda.

Xususan:

– sug‘urta xarajatlarini qoplash bo‘yicha murojaatlar soni 800% (1/9);

– nogironlikni belgilash bo‘yicha murojaatlar soni 300% (2/8);

– internet tarmog‘ida firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa qonunbuzarlik masalasida 225% (4/13);

– turar joylarni suv tarmog‘iga ulash masalasida 220% (5/16);

– yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joy ta’mirlash va qurish uchun yordam masalasidagi murojaatlar soni 142,4% (59/143);

-elektr tarmoqlari obyektlarini qurish, ta’mirlash, o‘zgartirish masalasida murojaatlar soni 120% (5/11);

– kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatlar soni 114,3% (7/15);

-18 yoshgacha bolalar nafaqasi masalasida murojaatlar soni 100% (38/76) ko‘paygan.

Tegishli idoralar tomonidan murojaatlarni oxirigacha hal etish chorasini ko‘rmayotganligi, qonun talablariga qat’iy rioya etilmayotganligi fuqarolar tomonidan takroriy murojaatlar ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Murojaatlarni o‘rganishda muassasa, korxona va tashkilotlarning o‘ziga tushgan murojaatlar tahlil qilinganda (4-ilovada):

-tuman Xalq banki bo‘limi 8 ta masaladan 2 tasi qoniqtirgan (25%).

-tuman oila va xotin-qizlar 18 ta masaladan 6 tasi (33,3%) qoniqarli.

– tuman soliq inspeksiyasiga 6 ta masaladan 2 tasi (33,3%) qanoatlantirilgan.

– mahallalar uyushmasi tuman bo‘limiga 72 ta masaladan 24 tasi (33,3%),

– tuman ichki ishlar bo‘limiga 87 ta masaladan 33 tasi (38%),

-tuman majburiy ijro bo‘limiga 55 ta masaladan 22 tasi (40%),

-tuman gaz tarmoqlari bo‘limiga 21 ta masaladan 10 tasi qanoatlantirilgan (47%),

– byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limiga 4 ta masaladan 2 tasi qanoatlantirilgan (50%),

-tuman suv tarmoqlari bo‘limiga 34 ta masaladan 19 tasi (55,8%),

-tuman prokuraturasiga 37 ta masaladan 21 tasi (56,7%),

-tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga 97 ta masaladan 57 tasi (58,7%),

-tuman tibbiyot birlashmasiga 19 ta masaladan 13 tasi (68,4%),

– “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga 29 ta masaladan 20 tasi (69%),

Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlar bilan ishlashda hamda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘rganishlarda, muassasa, korxona va tashkilotlarga 26 ta taklif (shundan murojaatlarini ko‘rib chiqish xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga 2 nafar shaxsga ma’muriy javobgarlikka, 1 nafar shaxsga intizomiy jazo qo‘llanildi, 10 nafar shaxsga intizomiy jazoga tortilishi bo‘yicha qat’iy ogohlantirish berildi) hamda 24 ta ko‘rsatma kiritildi.

2024 yil davomida sektorlar tomonidan tasdiqlangan grafik bo‘yicha 329 ta sayyor qabul o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, barcha sayyor qabullar o‘tkazilgan.

Sayyor qabullarda fuqarolardan 761 ta masala kelib tushdi, murojaat 72,5% qanoatlantirildi, 87 ta masalaga huquqiy tushuntirishlar berildi, 106 ta masalaga tushuntirishlar berildi va 59 ta masala o‘rganilmoqda.

Shundan, 1-sektorda 201 ta masaladan 138 tasi qoniqarli (73,4%), 2-sektorda 182 ta masaladan 120 tasi qoniqarli (73,2%), 3-sektorda 155 ta masaladan 135 tasi qoniqarli (88,8%), 4-sektorda 223 ta masaladan 116 tasi qoniqarli (58,6%).

Ushbu muammolar asosida har bir tegishli mansabdor shaxslarning hisobotini chorak yakuni bilan tahlil qilib borish, hisobotlarini eshitish va muhokama qilish, aholining muammolari va murojaatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxtako‘pir
tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
A.Djumaniyazov

Skip to content