Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Bekturǵanov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Z.Eshchanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Taxtako‘pir tumani sudining tergov sudyasi F.Ibragimov, shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari, mahalla raislari hamda maktabgacha va maktab ta’limi sohasi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida uchraydigan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shu bilan bir qatorda, ayrim ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar uchrayotganligi va unga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmaganligi, shuningdek, huquqbuzarliklarga befarqlik bilan qaragan soha rahbarlariga ogohlantirishlar berildi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati