Taxtako‘pir tumanida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tuman hududida tashkil etilgan maxsus shtab a’zolari va tegishli soha vakillari bilan birgalikda ertalabki tarqatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, Respublika ishchi guruhi a’zosi B.Matmuratov so‘zga chiqib, qishning sovuq kunlarini talafotsiz o‘tkazish, ko‘p qavatli uy-joylardagi avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va ijtimoiy obyektlarda aholi uchun qulay sharoitlarni yaratish hamda fuqarolarning zaharli gazdan zararlanishining oldini olish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Tadbir davomida ishchi guruh a’zolari hududlarga chiqqan holda fuqarolar o‘rtasida qish mavsumida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati