Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi


Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabi o‘quvchilari orasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirib borish, shuningdek, ularning qonun buzilishi holatlariga qarshi kurashish hissini uyg‘otishdir.

Tanlovda tumandagi sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktablarining o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.

Tanlov yakuni bo‘yicha:
1-o‘rin 3-sonli maktab;
2-o‘rin 5-sonli maktab;
3-o‘rinni 2-sonli maktab o‘quvchilari egalladi va 1-o‘rinni egallagan guruh Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content