Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Faxriylarga bayram munosabati bilan hurmat ko‘rsatildi


Faxriylarga bayram munosabati bilan hurmat ko‘rsatildi

Ma’lumki, 1979-1989 yillar davomida Afg‘oniston hududida bo‘lib o‘tgan harbiy harakatlarda Respublikamizdan 3 580 nafar jangchi ishtirok etgan bo‘lsa, shundan Taxtako‘pir tumanidan 66 nafar jangchi askarlarimiz mardonavor qatnashgan.
  
Bugun, tumandagi fayzli joylardan birida tuman hokimligi tomonidan Afg‘oniston harbiy harakatlari yakunlanganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.



Tadbirda tuman hokimi J.Adilov, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik J.Sultanov, sektor rahbarlari va faxriy jangchilar ishtirok etib, so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.



Shundan so‘ng, urush maydonlarida mardlik ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga bayram sovg‘alari topshirilib, konsert dasturi namoyish etildi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content