Taxtako‘pir tumani “Atako‘l” OFY hududidagi “Maqpalko‘l” qishloq vrachlik punktida ayol-qizlarning salomatligini mustahkamlash, reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar davomida tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Seytnazarova va “Maqpalko‘l” qishloq vrachlik punkti shifokori A.Nurenovalar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng hududiy patronaj hamshiralar bilan birga yangi farzand ko‘rgan onalarning holidan xabar olinib, chaqaloq parvarishi, ona salomatligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati