Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22 yanvardagi “Tuproq monitoringini amalga oshirish va tuproqning unumdor qatlamini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22 yanvardagi “Tuproq monitoringini amalga oshirish va tuproqning unumdor qatlamini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, respublikada iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq salbiy ta’sirlarning oldini olish, qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasini kamaytirish, tuproqdagi gumus miqdorini oshirish orqali ekinlar unumdorligini va tuproq unumdorligini yaxshilash maqsadida yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq tuproq monitoringini amalga oshirish tartibi belgilangan.

Tuproq monitoringini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan tuproqning hozirgi holati, yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish, bu o‘zgarishlarning xarakteri va ularning tuproq unumdorligiga ta’sirini aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalar va takliflar ishlab chiqish, tuproq monitoringini mulkchilik shaklidan qat’i nazar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning barcha turlari bo‘yicha amalga oshirish, tuproq monitoringi davomida tanlab olingan tuproq namunalarini milliy va xalqaro akkreditatsiya tizimidagi akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda tahlil qilish vazifasi yuklatildi.

Qarorning maqsadi va ahamiyatini ta’kidlaydigan bo‘lsak, unda laboratoriya tahlillarini o‘tkazish, tuproq xaritasining mualliflik asl nusxasini tuzish, tuproqning unumdor qatlamini hisoblash, ma’lumotnoma xati yozish va tuproq xaritasiga kengaytirilgan izohlar tuzish nazarda tutilgan.

Shuningdek, tuproqning unumdor qatlami bo‘yicha xulosa 3 nusxada tayyorlanadi. Birinchisi institut arxivida saqlash uchun, ikkinchi nusxa murojaat egasi tadbirkorlik subyekti ijrosi uchun, uchinchi nusxa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yuboriladi.

Mazkur qaror asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga shaharsozlik faoliyati, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa yo‘nalishlardagi ishlarni amalga oshiruvchi loyiha ijrochilari tomonidan tuproq qatlamining surib olinishi va belgilangan dala konturidagi ko‘chirilganligi to‘g‘risida nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilganligi ma’lumot sifatida ma’lum qilinadi.

Inspeksiyaning Taxtako‘pir tuman bo‘limi bosh mutaxassisi
T.Nısanov

Skip to content