«Dáwir» MFYda uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida «Dáwir» MFY hududidagi 5-sonli maktabda, hudud aholisi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘quvchi yoshlarning ta’lim olishi va farzand tarbiyasida ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash, ota-onalarning bola tarbiyasidagi mas’uliyati, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlari, shuningdek, yoshlarning kelajakda kasb tanlashida ayniqsa ota-ona va o‘qituvchilarning roli haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati