Milliyligimiz – ruhiy boyligimiz
Taxtako‘pir tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “G’a’rezsizlik” MFY hududidagi 17-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Milliyligimiz – ruhiy boyligimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi deputati, “G’a’rezsizlik” MFY raisi Aysanem Alliyarova, tumanlik Kengash deputati Zamira Seytnazarova, hududdagi faol va namunali ayol-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarimizni, tariximizni, milliy qadriyatlarimizni avloddan-avlodga yetkazib borish, ularni asrab-avaylash, xotin-qizlar o‘rtasida milliy kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, yosh avlodni ushbu qadriyatlar asosida tarbiyalash haqida keng tushuncha berib o‘tildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida Bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quvchi yoshlari hamda ushbu hududdagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari tomonidan milliy an’analarimizga asoslangan ko‘rgazmalar yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish etildi.