Saturday, September 27, 2025

медиа тур, So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumanida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar va tadbirkorlik obyektlariga ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida media-tur tashkil etildi.


Taxtako‘pir tumanida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar va tadbirkorlik obyektlariga ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida media-tur tashkil etildi.
        
Media-tur ishtirokchilari dastlab, “Gárezsizlik” MFY hududidagi “Do‘stlik guzari” ko‘chasi bo‘ylab tashkil etilayotgan istirohat bog‘i va 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi gostranomiya ko‘chasi qurilishi bilan tanishdi va dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Media-tur ishtirokchilarining ikkinchi manzili “Taxtako‘pir” shaharcha fuqarolar yig‘ini hududidagi zamonaviy ko‘rinishda qurilish ishlari olib borilayotgan “Yoshlar markazi” binosi bo‘ldi.

Yoshlar markazi binosining qurilish ishlari uchun 5 mlrd. 321 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda quruvchi “REVERSTROY” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shundan so‘ng media-tur ishtirokchilari tumandagi “Atakól” QFY hududidan tashkil etilgan qizil miya ildizini qayta ishlovchi “WONDER ORGANICS” MCHJ korxonasida bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Bugungi kunda korxona 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lib, asosan o‘z mahsulotlarini Polsha, Misr va Myanma kabi davlatlarga eksport qilib kelmoqda. Shuningdek, Singapur, Tayvan va Germaniya davlatlariga eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishga erishdi.


Media-tur ishtirokchilari tadbir davomida mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content