Bugun Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov, tumandagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i A.Djumaniyazov bilan birgalikda 1-sektorga qarashli «Jańadárya» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 19-sonli maktabda hudud aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlari, fikr va takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari bilan birga fikr va takliflari tinglandi. Qabul yakunida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.