Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Yong‘in sodir bo‘lganda nima qilish kerak?


Yong‘in sodir bo‘lganda nima qilish kerak? Хavsizlik qoidalari va asosiy tavsiyalar

Yong‘in yuz berganda uni o’chirish uchun qilinishi kerak bo’lgan dastlabki harakatlar, xavfsizlik qoidalari, uy, ko’p qavatli bino, avtomobil, jamoat transporti, o’rmon yoki dashtda sodir bo’lsa, nima qilishi kerakligi, o’t o’chiruvchilarga xabar berish tartibi haqida ma’lumotlarni ushbu sahifaga qisqacha jamladik.

Yong‘in vaqtida  qanday harakatlanish kerak?

  • Og’iz va burunni mato bilan yoping, imkoni bo‘lsa nam mato bilan;
  • Yong’indan uzoqlashing;
  • Ko’p qavatli uyda bo’lsangiz, liftdan foydalanmang;
  • Oynani ochib, oshiqcha kislorodning xonaga kirishiga yo’l qo’ymang, aks holda portlash sodir bo’lishi mumkin;
  • Yonuvchan suyuqliklarni (benzin,kerosin va boshqalar), shuningdek, elektr energiyasiga ulangan yonib turgan elektrjihozlarni suv bilan o’chirmang.

101-yong’in-qutqaruv xizmati hodimlariga  xabar berish tartibi:

  • Yong‘in chiqqan manzilni aniq ayting;
  • Yong‘in obyektini ayting (uyda, kvartirada, omborxonada va hokazo);
  • Yong‘in predmetini ayting (lift, televizor, avtomobil, muzlatkich va hokazo);
  • Zarur bo’lsa-pod’yezd va xonadon raqami, binoning qavat, hududga qayerdan borish/kirish qulayligini ham bildiring;
  • Familiyangiz va telefon raqamingizni qoldiring;
  • Aniq va hotirjam gapiring.

Avtomil yoki jamoat transportida yong’in chiqsa:

  • Haydovchiga yong’in haida xabar bering;
  • Mashinani to’xtating va divigatelni o’chiring, unit ark eting ;
  • Jamoat tansportida avariya lyuki va yon oynalardan foydalanib, tartib bilan tashqariga chiqing;
  • O’t o’chiruvchilar kelguncha yong’inni o’t o’chirich, qum, suv yoki qor bilan (qishda va qor bo’lsa) o’chirishga harakat qiling;
  • Mashina kapotida yong’in chiqsa, uni qo’l bilan o’t o’chirgichsiz ochmang. Ochish vaqtida havo oqimi sabab yong’in alanga olishi kuchayadi;
  • Yoqilg’i baki portlashi xavfi borligi sabab, yong’inni jilovlab bo’lmasa, mashinadan uzoqlashing.

Yongin vaqtida nima qilmaslik kerak:

  • Esdan chiqqan buyumni olib keyish uchun yong’in joyiga qaytmang. Bu yong’in vaqtida eng ko’p takrorlanadigan xatolardan biri. Tartibsizlik orasida sizni hech kim izlamasligi ham mumkin. Sog’likingiz hech bir buyumdan ustun emas;
  • Yong’inni o’chirishga ko’zingiz yetmasa, oxirgi daqiqagacha uni bartaraf etish uchun qolib ketmang. Bu fojiali yakunlanishi mumkin. Jiddiy kuyish jarohati olish xavfidan tashqari tutun sabab odam hushidan ketib, binoda qolib ketishi mumkin.
  • Yonuvchan moddalarni suv bilan o’chirman. Agar suv bilan o’chirilsa, yong’in tez tarqalib ketadi;
  • Balkon yoki derazadan qutqaruvchilarsiz yuqori qavarlardan tushishga harakat qilish yakunda jiddiy jarohatlar bilan yakunlanishi mumkin;
  • Yong’indan qochib yuqori qavatga ko’tarilmang. Yong’in va tutun tepaga qarab ko’tariladi. Liftdan emas, zinapoyadan tushing;
  • Karavot tagiga yoki shkafga ichiga yashirinmang. Qutqaruvchilar sizni topa olmasligi, tutundan bo’g’ilib, hushdan ketgan holda qolib ketishingiz mumkin.

QR FVB bo‘linma inspektori  kapitan S.Tleubergenov, bo‘linma katta inspektori leytenant
O.Olimboyev

Skip to content