Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida siyosiy partiyalar, tumandagi muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi raisining o‘rinbosari T.Jusipov olib bordi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

  1. Taxtako‘pir tumanida hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan “drayver” loyihalardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida.
  2. Taxtako‘pir tumani mahalliy budjetining 2024-yil davomida ijrosi bo‘yicha hamda tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq hisobidan ajratiladigan mablag‘lar.
  3. Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida.
  4. O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining ijrosini Taxtako‘pir tumanida ta’minlash choralari.
  5. Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 11 dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi QQ-19-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 26 iyundagi KQ-769-IV-sonli qarori to‘g‘risida.
  8. Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil etish.
  9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 28 yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QL-53-V-sonli qarori haqida.
  10. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini (ma’lumotlarini) eshitish tartibini tasdiqlash.
  11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QL-55-V-sonli qarori haqida.
  12. 2024 yil davomida “Tashabbusli byudjet” jarayoni jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
  13. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bo‘yicha 2024 yil davomida Taxtako‘pir tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar.
  14. Taxtako‘pir tumani erkin qoldiq qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ngra ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content