O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyundagi PQ-268-sonli qaroriga asosan, tuman hokimliklari har oyda kamida bir marta sport maktablari va ularning sport obyektlarida hamda jismoniy tarbiya, sport markazlari va klublarida “Ochiq eshiklar” kunlarini tashkil etishni dasturga aylantirish belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun Taxtako‘pir tumani Sport maktabida tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Bekturganov va Sport maktabi direktori B.Jarimbetov bilan birgalikda sport maktabining trener-o‘qituvchilari, sportchi yoshlar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
Tadbir davomida 2025-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan sportning “Qo‘l jangi” va “Ushu sanda” turlaridan O‘zbekiston chempionatida o‘rin olgan sportchi yoshlarni tabriklab, kelgusi vaqtlarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo va Jahon chempionat va kuboklarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egallashlariga tilakdosh ekanligini bildirdi.











