Saturday, September 27, 2025

Bashasóz konferenciyası

“Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi


“Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

Taxtako‘pir tumani Madaniyat markazida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda tuman hududidagi 20 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabidan 160 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

O‘quvchilar tanlovning o‘tkazilish tartibiga asosan ikki shartda bellashib, tanlov yakunida:

1-o‘rin 3-sonli maktab;

2-o‘rin 2-sonli maktab;

3-o‘rinni 7-sonli maktab o‘quvchilari egalladi va tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. 1-o‘rinni egallagan 3-sonli maktab o‘quvchilari Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘quvchi yoshlarda nutq va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy hamda intellektual qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashdan iborat.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content