Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

#Sayyor_qabul


#Sayyor_qabul

Bugun Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Bawetdinov, tumandagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i A.Djumaniyazov bilan birgalikda 3-sektorga qarashli “O‘zbekiston” MFY hududidagi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini, fikr va takliflarini tinglash maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari bilan birga fikr va takliflari tinglandi. Qabul yakunida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.

Skip to content