Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

AT “Aloqabank” Qoraqalpog‘iston Hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazining tegishli vakillari hamda tumanimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan hamda shug‘ullanish niyatida bo‘lgan yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.


Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qaroriga muvofiq AT “Aloqabank,” shahar va tuman hokimliklariga bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yosh tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, startap va innovatsion loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank”ni tayanch “yoshlar banki” etib belgilangan.

Yuqorida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida AT “Aloqabank” Qoraqalpog‘iston Hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazining tegishli vakillari hamda tumanimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan hamda shug‘ullanish niyatida bo‘lgan yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tegishli soha vakillari tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni xohlovchi yoshlar uchun 100 dan ortiq biznes yo‘nalishlari, shuningdek, imtiyozli kredit turlari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng yoshlar ham o‘zlarining biznes loyihalari va takliflari bilan o‘rtoqlashib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Skip to content