📢E’lon!📢
⚡️Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Raisining topshirig’i bilan respublikamiz hududida sog’liqni saqlash sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xalqimizga tibbiy xizmatlarni taqdim etishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.
Hurmatli fuqarolar❕
✅Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida uchrayotgan muammolar bo‘yicha murojaatlaringiz yoki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha fikr-takliflaringizni qoldirish uchun shu yilning mart oyi davomida Vazirlar Kengashi huzuridagi Maxsus shtabning 61 222 45 25, 61 222 91 87 telefon raqamiga ertalabki soat 09:00 dan kechki 17:00 gacha bog’lanishingiz so‘raladi.
❗️Sizning bergan fikr va takliflaringiz orqali sohadagi mavjud muammolarning echimi bo‘yicha maxsus yo‘l xarita ishlab chiqiladi va ularni bartaraf etish, xalqimizning xohish-istaklarini amalga oshirish choralari ko‘riladi.