Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumanida Navro‘z umumxalq bayrami o‘tkazilishi belgilangan joylarda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi



Taxtako‘pir tumanida Navro‘z umumxalq bayrami o‘tkazilishi belgilangan joylarda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Taxtako‘pir tumanida Navro‘z umumxalq bayrami o‘tkazilishi belgilangan Sport maktabi binosi maydonchasida tegishli xizmatlar bilan birgalikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari P.Ernazarov so‘zga chiqib, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berdi.

Shundan so‘ng, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlik qiluvchi tegishli xizmatlarning favqulodda vaziyatlar yuz bergandagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.

Bunday maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad bayram tadbirlari davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish va yuzaga kelgan vaziyatlarda hamkorlik qiluvchi xizmatlarning aniq vazifalarini belgilab berishdir.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content