Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Seminar


Taxtako‘pir tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, fuqarolarning bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari, shuningdek, “Tomorqa madaniyati, tomorqadan samarali foydalanish va daromad topish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, mahalla raislari va mahalladagi hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Seminarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratilgan bir qancha imkoniyatlar ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish, uy sharoitida va tomorqadan samarali foydalanib daromad olish, bunda mahalla yettiligi tizimi imkoniyatlaridan keng tarzda foydalanish va boshqa muhim masalalar ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dáwqara” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan bog‘ yaratish maqsadida tanlangan maydonga mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

Skip to content