Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, tumandagi muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Taxtako‘pir tumani hokimi – Xalq deputatlari tumanlik Kengashi raisi J.Adilov olib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. 2025-yilda tumanda “Ayollar daftari”ning shakllantirilishi va daftarga kiritilgan ayollarga ko‘rsatilayotgan moddiy, tibbiy, huquqiy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
2. Jamoatchilik fikri asosida “Fuqarolar tashabbus jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish haqida.
3. Taxtako‘pir tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining “2025-yilning
2 oy davomida tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti.
4. Taxtako‘pir tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Taxtako‘pir tumani bo‘limi tomonidan 2025-yil I choragi davomida hududlardagi yoshlar muammolarini o‘rganib chiqib, xatlov natijalari va ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar to‘g‘risida.
6. Taxtako‘pir tumanidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa suv iste’molchilariga 2025 yil vegetatsiya davrida ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida.
7. Taxtako‘pir tumani mahalliy byudjetining erkin qoldiq qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
8. Tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ngra ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati