Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumani Madaniyat bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.


Bugun Taxtako‘pir tumani Madaniyat bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov, tuman faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muassasa, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.



Shundan so‘ng tuman hokimi J.Adilov va boshqalar so‘zga chiqib, Konstitutsiya inson manfaati, uning huquq va erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlovchi eng muhim huquqiy hujjat ekanligini ta’kidladi.





Albatta, Konstitutsiya va shu asosda qabul qilingan qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar hayotimizda alohida o‘rin tutadi. Barchangizga ma’lumki, bizning Konstitutsiyamiz – bu respublikamizning huquqiy demokratik rivojlanish asoslarini yaratish bilan birga, unda yashovchi insonlarning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi asosiy Qonun hisoblanadi.


Konstitutsiyamizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining qonuni bilan tasdiqlangan davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

1993 yil 9 aprel kuni yana bir muhim hujjat, “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi. Bu bayram qalblarimizga quvonch va xush kayfiyat bag‘ishlab, yurtimizda ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda.




Bayram tadbiri Taxtako‘pir tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content