Taxtako‘pir tumani politexnikumiga tumandagi umumta’lim maktablarining 9-11 sinf bitiruvchilarini 2025-2026-o‘quv yili uchun qamrab olish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Unda tuman hududidagi umumta’lim maktablarining 9-11 sinf bitiruvchilari ishtirok etib, ularga Taxtako‘pir tumani politexnikumida o‘qitilayotgan mutaxassisliklar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va o‘quv ustaxonalari haqida keng tushunchalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Taxtako‘pir tumani politexnikumiga 2025-2026-o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilari uchun «Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish», «Yong‘in o‘chiruvchi» (qutqaruvchi), «Kompyuter grafikasi va dizayn operatori», «Jipslashtiruvchi», «Traktorchi-mashinist», «Tikuvchi» mutaxassisliklariga, 11-sinf bitiruvchilari uchun «Kunduzgi, Sirtqi, Kechki, Dual» ta’lim shakllarida «Maktabgacha ta’lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Elektr uskunalari mexanigi», «Kutubxonachilik», «Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash», «Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aerodromlar qurilishi», «Turizm», «Sport xizmati», «Veterinar-feldsher», «Jipslashtirish texnologiyasi va uskunalari» mutaxassisliklariga o‘quvchilarni qamrab olish rejalashtirilgan.