Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Taxtako‘pir tumani kasb-hunar maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi


Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining 2024 yil 3 fevral kungi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g’risida»gi 9-sonli bayoniga asosan, bugun Taxtako‘pir tumani kasb-hunar maktabida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining deputati B.Aytekov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxtako‘pir tuman bo‘linmasi boshlig’i N.Azbergenov, tuman Ichki ishlar bo‘limidan leytenant R.Bazarbaev va Jinoyat qidiruv bo‘limi operativ og’a inspektori A.Qayrullaevlar qatnashib, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ahamiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha keng tushunchalar berildi.

Taxtako‘pir tumani hokimligining axborot xizmati

Skip to content