Monday, December 01, 2025

So'nggi yangiliklar

Metodik mahorat soati doirasida seminar tashkil etildi


Metodik mahorat soati doirasida seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-152-son Farmoniga asosan, Taxtako‘pir tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Metodik mahorat soati doirasida seminar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan seminar davomida 3-sonli tashkilot metodisti, murabbiy G.To‘remuratova tayanch tashkilotga biriktirilgan 16 ta davlat tashkilotining etakchi pedagoglariga o‘z tajriba va bilimlarini o‘rgatib bordi.

Ushbu seminarni o‘tkazishdan maqsad, pedagoglarimizning jahon tajribalaridan namuna olib, zamonaviy ta’lim berishning yangi shakllarini joriy etish va maktabgacha ta’lim sohasini yangi bosqichlarga olib chiqishdir.

Skip to content