Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

«Mende ásker bolaman» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Bugun Taxtako‘pir tumanidagi 6-sonli maktabda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan chop etilgan «Mende ásker bolaman» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Bekturganov, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik J.Sultonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i N.Azbergenov, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi I.Abdijamilovlar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar «Mende ásker bolaman» kitobining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Kitob mard askarlarning hayotiga va askar bo‘lish niyatida yurgan yoshlarga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu kitob vatanparvarlik, vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, o‘z taqdirini yurt taqdiri bilan bog‘lash kabi g‘oyalarga asoslanganligi har bir o‘quvchini Vatanni sevishga, unga xizmat qilishga undashi shubhasiz.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati

Skip to content