Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

Nuroniylar doimo davlatimiz e’tiborida


Bugun Taxtako‘pir tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Seytnazarova “Qorao‘y” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, mahalliy deputat A.Pirjanova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan B.Baxiyeva va “Namunali xotin-qizlar” guruhi rahbari K.Baymurzayeva bilan hamkorlikda ushbu hududda istiqomat qiluvchi, uzoq yillar davomida turli sohalarda fidokorona mehnat qilgan va bugungi kunda faxriy ta’tilda bo‘lgan onalarimizdan xabar oldi.

Tuman hokimi o‘rinbosari G.Seytnazarova ular bilan yaqindan suhbatlashib, nuroniylar doimo davlatimiz e’tiborida bo‘lishini bildirdi. Ular ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini tilab duo o‘qishdi.

Skip to content