Saturday, September 27, 2025

So'nggi yangiliklar

#Seminar


Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lidagi qaror va farmonlari asosida agrar sohaga bir qancha yangi texnika va texnologiyalar joriy etilishi natijasida soha yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda.

Taxtako‘pir tumanida tashkil etilgan seminarda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati ta’kidlandi.

Seminarda respublikamizdan biriktirilgan vakillar, soha mutaxassislari va fermerlar ishtirok etdi.

Seminarda 2025 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydonlarni shudgorlash, lazerli tekislash, sho‘r yuvish, g‘alla yetishtirish, kanallarni betonlash va bahorgi ekishga texnikalarni sozlash kabi masalalar o‘rin oldi.

Seminarda, bugungi kunda agrar soha rivojida yangi imkoniyatlar yaratilayotgani va bu imkoniyat va sharoitlardan soha vakillari samarali foydalanishi zarurligi aytib o‘tildi.

Skip to content