O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024 yilning 16 dekabr kuni “Bank xizmatlari orqali mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishda 2025 yil uchun asosiy rejalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Taxtako‘pir tumanida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Allamuratov, ATB “Agro bank” tuman filiali vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni xohlovchi fuqarolar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga tegishli soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorlikka oid qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangi qabul qilingan hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati, imtiyozlar va qator qulayliklar tushuntirildi.