Mahallalarda “Yoshlar balansi”ni shakllantirish ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizning barcha hududlari qatori Taxtako‘pir tumanidagi mahallalarda umumiy yoshlar balansini shakllantirish uchun belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xatlov jarayonlari davomida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, yoshlarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, suhbat yakunlari asosida yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.