“Onam aytgan allalar” va “Onalar qo‘shiq aytganda” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Bugun Taxtako‘pir tumani Madaniyat markazida tuman xotin-qizlar bo‘limi va “Namunali ayollar” guruhi a’zolari tashabbusi bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xalqimiz o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada kuchaytirish maqsadida “Onam aytgan allalar” hamda “Onalar qo‘shiq aytganda” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman “Namunali ayollar” guruhi rahbari A.Qobilbekova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan B.Baxiyeva so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatimizda siyosiy faolligini oshirish va ularga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Taxtako‘pir tumani hokimligi axborot xizmati











